Jomboyliklar uchun qadrdon adib

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Samarqand shahridagi yoshlar markazida O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

Samimiy ruhda o‘tgan tadbirda taniqli shoir va yozuvchilar, adabiyot ixlosmandlari ishtirok etib, ustoz ijodkorning milliy adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa qo‘shganini ta’kidlashdi.

Darhaqiqat, Andijonda tug‘ilib, ayni paytda poytaxtda yashayotgan bo‘lsa-da, adib samarqandliklar bilan hamisha hamnafas. Bu ko‘hna kentga muhabbati sabab o‘zbek zamonaviy nasrida salmog‘i yuqori bo‘lgan “Sarbadorlar”, “Ulug‘ saltanat” tarixiy romanlari, “Gumbazdagi nur”, “Amir Temur chamani” dostonlarini yaratgan. Ijodkor tavalludining 80 yilligi Samarqandda keng nishonlanayotgani bejiz emas.

Uchrashuvda yozuvchi hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi. Uning qalamiga mansub she’rlar o‘qildi.

Adabiy kechada tumanimiz ijodkorlari, “Umid” klubi faollari ham ishtirok etishdi. Taniqli shoira Hafiza O‘sarova tuman hokimi tabrigini o‘qib eshittirdi. Adibga jomboylik muxlislar nomidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM