“Open budget”: Sarhisob va istiqbol 

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5072-son qarori hamda va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021-yil 22-apreldagi “Mahalliy budjet mablag‘lari sarflanishida jamoatchilik ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi KQ-213-IV-son qarorlari asosida “Ochiq budjet” axborot portalida “Tashabbusli budjet” jarayonlari o‘tkazib kelinmoqda.
“Ochiq budjet” portalining tashkil etilishidan maqsad bevosita fuqarolar tashabbus va talablarini inobatga olgan holda hududlardagi kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat.
2022-yil 1-mavsumda fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarni amalga oshirish uchun jami 4 milliard 774 million 100 ming so‘m mablag‘lar yo‘naltirildi.
Joriy yilning fevral-mart oylarida o‘tkazilgan tashabbusli budjet jarayonida fuqarolar tomonidan 226 ta loyihalar ilgari surilib, 67 tasi ishchi komissiya tomonidan saralab olindi hamda ushbu loyihalarga 24338 ta (jami aholi soniga nisbatan 13,5 foiz) ovoz berildi. 
Yakuniy xulosa ovozlar soniga ko‘ra, yuqoridan pastga tamoyili asosida shuningdek “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasida shakllangan mablag‘lar hajmidan kelib chiqib aniqlandi. Bunda amalga oshirish qiymati 4 milliard 508 million сўмni tashkil etgan 6 ta loyihalar (11561 ta ovoz to‘plagan holda) g‘olib deb topildi. Ya’ni,
“Tuman tibbiyot birlashmasini 15 ta EKG va 1 ta EXO KG va boshqa zarur tibbiyot jihozlar bilan ta’minlash” taklifi 3365 ta ovoz bilan 1-o‘rinni;
“Jomboy tuman markazida zamonaviy kutubxona qurish” taklifi 2190 ta ovoz bilan 2-o‘rinni;
“Tuman xalq ta’lim bo‘limiga qarashli 28-umumta’lim maktabiga filial qurish” taklifi 1574 ta ovoz bilan 3-o‘rinni;
“Juriyat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 4 ta trasformatorni yuqori kuchlanishdagi trasformatorlarga almashtirish” taklifi 1486 ta ovoz bilan 4-o‘rinni;
“Xalq ta’lim bo‘limiga qarashli 20-umumta’lim maktabiga filial qurish” taklifi 1481 ta ovoz bilan 5-o‘rinni;
“Xolvoyi mahalla fuqarolar yig‘ini binosi va guzari qurish” taklifi 1465 ta ovoz bilan 6-o‘rinni qayd etdi.
G‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan buyurtmachi tashkilotlarni aniqlash bo‘yicha manzilli ro‘yxat shakllantirilib, xalq Deputatlari tuman Kengashining 2022-yil 28-apreldagi VI-55-77-7-94-K/22-sonli qarori bilan tasdiqlandi. Har bir loyiha uchun buyurtmachi tashkilotlarga “401722...” mablag‘lar manbasi bilan alohida hisobvaraqlar ochgan holda mablag‘lar o‘tkazib berildi va axborot portalida “g‘olib” deb topilmagan boshqa loyihalar moliyalashtirilishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Bugungi kunda ushbu g‘olib deb topilgan takliflarni amalga oshirish “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshirilmoqda. Jumladan, 
Xalq deputatlari tuman Kengashining qarori bilan 1-o‘rinni egallagan “Tuman tibbiyot birlashmasini 15 ta EKG va 1 ta EXO KG va boshqa zarur tibbiyot jixozlar bilan ta’minlash” taklifi taklifini amalga oshirish uchun tuman tibbiyot birlashmasiga 942,0 million so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda “ZUNNUN” MCHJ tomonidan 15 ta, qiymati 112 million 200 ming so‘mlik EKG tibbiyot jihozlari, “EDAN-MED-SERVIS” MCHJ tomonidan 141 million 600 ming so‘mlik 1 dona “o‘pkani sun’iy shamollatish apparati”, 43 million 500 ming so‘mlik 8 dona “kardio monitor” hamda 282 million 9 ming so‘mlik 1 dona “exoimpuls skanir apparati” yetkazib berilgan bo‘lib, 325,0 million so‘mlik tibbiyot jihozlari uchun shartnomalar tuzilgan. 
2-o‘rinni egallagan “Jomboy tuman markazida zamonaviy kutubxona qurish” taklifini amalga oshirish uchun tuman hokimligiga 1000,0 milliard so‘m ajratilgan bo‘lib, bugungi kunda taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilmoqda.
3-o‘rinni egallagan “Tuman xalq ta’lim bo‘limiga qarashli 28-umumta’lim maktabiga filial qurish” taklifini amalga oshirish uchun tuman xalq talim bo‘limiga 620,0 million so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirildi. Pudratchi korxonani aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan tendirda “STRIVING FOR THE FUTURE” MCHJ g‘olib chiqdi. Bugungi kunda ushbu MCHJ o‘rtasida loyihani amalga oshirish yuzasidan shartnomalar tuzilib loyihani amalga oshirish ishlari boshlab yuborildi.
4-o‘rinni egallagan “Juriyat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 4 ta trasformatorlarni yuqori kuchlanishdagi trasformatorlarga almashtirish” taklifini amalga oshirish uchun tuman hokimligiga 322,0 million so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda “UNIQUEAGE” MCHJ g‘olib deb topilib, 231,6 mln.so‘mlik 4 dona yuqori kuchlanishdagi trasformatorlar yetkazib berildi. Bugungi kunda trasformatorlarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.
5-o‘rinni egallagan “Xalq ta’lim bo‘limiga qarashli 20-umumta’lim maktabiga filial qurish” taklifini amalga oshirish uchun tuman xalq talimi bo‘limiga 974,0 mln.so‘m ajratilgan bo‘lib, bugungi kunda taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirilmoqda.
6-o‘rinni egallagan “Xolvoyi” mahalla fuqarolar yig‘ini binosi va guzari qurish” taklifini amalga oshirish uchun tuman hokimligiga 650,0 million so‘m ajratilgan bo‘lib, taklifning loyiha-smeta hujjatlari shakllantirildi. Pudratchi korxonani aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan tendirda “Bulung‘ur dobil quruvchi” xususiy korxonasi g‘olib chiqdi. Bugungi kunda ushbu korxona o‘rtasida loyihani amalga oshirish yuzasidan shartnomalar tuzilib loyihani amalga oshirish ishlari boshlab yuborildi.
Ushbu jarayonlarning barcha bosqichlari jamoatchilik hamda loyiha tashabbuskorlari ishtirokida o‘tkazilishini ta’minlash hamda loyihada ko‘zda tutilgan tadbirlarni sifatli tarzda amalga oshirilishi (tovar yoki xizmatlarni xarid qilinishi) hamda bajarilgan ishlarni loyiha tashabbuskorlari ishtirokida qabul qilib olinishini ta’minlash bo‘yicha tizimli nazorat o‘rnatilgan.
2022-yil 2-mavsumda fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarni amalga oshirish uchun jami 4 milliard 303 million 428 ming so‘m mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda.

Muhammadjon SULAYMANOV,
Moliya bo‘limi bosh iqtisodchisi.


 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM