Tibbiy xizmat sifati bo‘yicha tumanimiz yetakchi bo‘ladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

“Tashabbusli budjet” jarayonida tuman tibbiyot birlashmasini zarur jihozlar bilan ta’minlash taklifi aholining mutlaq ko‘pchilik qatlami tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi. Ayni paytda ushbu loyihani ro‘yobga chiqarish ishlari davom etmoqda.
Dastlab 95 million so‘mlik 15 ta “EKG” apparati keltirilgan bo‘lsa, navbatdagi bosqichda qariyb 470 million so‘mlik o‘pkani sun’iy shamollatish qurilmasi, exoimpuls skaneri hamda 8 ta kardiomonitor xarid qilindi. 
Zamonaviy jihozlar foydalanishga topshirilishi munosabati bilan o‘tkazilgan taqdimotda tuman hokimi va jamoatchilik vakillari, faollar qatnashdi. Markaziy poliklinika, reanimatsiya bo‘limlarida jarayon amaliy tarzda namoyish etildi.
– Yangi qurilmalarimiz nafaqat markaziy bo‘limlar, balki hududlardagi oilaviy shifokor punktlariga ham taqsimlangan, – deydi birlashma boshlig‘i T.Xoliqova. – Bu o‘z navbatida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatining ham oshishiga omil bo‘ladi. Ayni paytda yana 380 million so‘mlik jihozlar xaridi bo‘yicha auksion savdolari o‘tkazilmoqda. Maqsadimiz tumanimizni tibbiy xizmat sohasida yetakchi hududlar sirasiga olib chiqishdan iborat.

Muhammadjon SULAYMANOV,
tuman moliya bo‘limi bosh iqtisodchisi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM