Ular ajrashmaydigan bo‘ldi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Ota-bobolarimiz chumolining uyi ham buzilmasin, deb bejiz aytishmagan. Ajrim nafaqat ikki shaxs balki, jamiyat uchun ham noxush holat. Uning salbiy oqibatlarini esa xalqimiz yaxshi tushunadi.

Afsuski, turli sabablar bilan parokanda bo‘layotgan oilalar atrofimizda uchrab turibdi. Ularni imkon qadar murosaga keltirish, oila va farzandlar kelajagini saqlab qolish har birimizning burchimizdir.

Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi xodimlari alimentga doir ishlarni yuritishda ushbu jihatni albatta, inobatga olishadi. Olib borilayotgan targ‘ibot va tushuntirish ishlari natijasida oilalar yarashtirilayotgani quvnarli holdir.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sud buyrug‘iga ko‘ra, X.Sh.dan turmush o‘rtog‘i A.Z. foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandi ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan edi. Ijro hujjati bo‘yicha yosh oila bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazildi. Natijada, bolakaylar to‘liq mehr bilan ulg‘ayadigan bo‘ldi.

Xuddi shunday holat S.O. hamda Sh.N. oilasida ham kuzatilgan. Voyaga yetmagan farzandlar taqdiri xavf ostida qolayotgan bir paytda katta hayot tajribasiga ega xodimlarimiz ulaga ajrashishning oqibati haqida tushuntirishdi. Ushbu oila ham yarashishga qaror qildi.

Shahboz ABDURAHMONOV,

davlat ijrochisi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM