Aholini qiynayotgan muammolar, Prezident qarori ijrosi, qayta nomlanayotgan obyektlar – 57-sessiya tafsilotlari

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda 2022-yil birinchi chorak yakuni bo‘yicha sektorlar faoliyati, uyma-uy yurish orqali muammolarni aniqlash va hal etish, hududdagi aholi kayfiyati mavzuida xalq qabulxonasi mudiri I.Oltiboyevning axborot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning yanvar-mart oylari davomida aholidan 190 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 117 tasi ijobiy hal etilgan bo‘lib, 15 tasi yuzasidan murojaatchilarga huquqiy tushuntirish berilgan.

Aholini qiynayotgan masalalar mavzui tahlil qilinganda tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish, elektr energiyasi ta’minoti, nafaqa tayinlash va aliment undirishga doir ishlar ko‘pchilikni tashkil etishi oydinlashmoqda.

Axborot beruvchi bu borada sektorlar faoliyati samaradorligini ham tahlil qildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflarini bildirdi.

Sessiyada yangi investitsiya loyihalarining ro‘yobga chiqarilishi orqali ish o‘rinlarini yaratish mavzuida tuman hokimi o‘rinbosari A.Sa’dullayev hamda “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari A.Ikromov hisobot berdi.

Shuningdek, geografik obyektlarga nom berish va qayta nomlash komissiyasining tumanda mavjud istirohat bog‘i, ziyoratgoh va qabriston nomlarini davlat reestriga kiritish mavzuidagi taklifi tasdiqlandi.

Xalq deputatlari tuman kengashi qarorlari o‘z vaqtida ijroga qaratmagan ayrim mutasaddilar qat’iy ogohlantirildi.

Sessiya kun tartibi bo‘yicha tegishli qaror loyihalarini qabul qildi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM