“Umid”dan yetishib chiqqan taniqli jurnalist hamqishloqlarini yo‘qlab keldi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tumanimiz ijodkorlarini o‘zida jamlagan “Umid” ijodiyot klubining navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi. Tadbirda jomboylik taniqli ijodkor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Gulchehra Jamilova qatnashdi.

Sarqipchoq mahallasida tug‘ilgan ustoz adibaning “Umr hikmatlari”, “Qoyadagi atirgul”, “Moviy barqut siri”, “Yorug‘ kun” hamda “Men borman – hayot!” asarlari xalqimiz tomonidan sevib mutolaa qilinadi. E’tiborlisi, ijodkor navbatdagi kitobini o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishloq odamlari hayoti, turmush tarziga bag‘ishlabdi.

Uchrashuvda yaqinda nashrdan chiqqan “Hizr ko‘rgan odamlar” publitsistik turkumi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Sarqipchoq qishlog‘I faollari so‘zga chiqib, bu boradagi fikrlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Tadbirda “Umid” klubining qariyb yarim asrlik shonli yo‘li, bunda qalam tebratgan ustozlar xotirlandi. Bugungi kunda ijodga dadil kirib kelayotgan yoshlar qadami e’tirof etildi.

Ustoz ijodkorlar Oyxumor Asadova, Alisher Umidov, Yormamat Rustamov, Xo‘roz Abdusalomov, Abdualim Sulaymonov, Bahora Shodmonova, Mavluda Mumtoz, Bibirajab Elbekova davrasidagi suhbat, she’rxonlik va diltortar taronalar ijrosi bilan tadbir yanada fayzli o‘tdi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM