Birjada don sotish qay tartibda amalga oshiriladi?

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tumanimizda o‘tkazilgan shu mavzudagi amaliy seminarda ilg‘or fermerlar va agroklaster rahbarlari ishtirok etdi.

Joriy yilning 11-may kuni Prezidentimiz rahbarligida don korxonalarida transformatsiya jarayonlarining natijadorligini oshirish chora-tadbirlari mavzuida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. Unda oziq-ovqat narxlari barqarorligini ta’minlash bo‘yicha uzoq tayyorgarlik ko‘rilgan islohatlarning joriy etilishi haqida so‘z bordi.

– Fermerlar manfaatdorligini ta’minlash, hosildorlikni oshirish orqali bozorda taklifni ko‘paytirish asosiy vazifadir. Buning uchun g‘allachilikka bozor mexanizmlarini to‘liq joriy etish zarur. Biz bu islohotlarga uzoq tayyorgarlik ko‘rdik” dedi davlatimiz rahbari.

Bu borada texnik ishlar joylarda boshlab yuborildi.

Tuman hokimligida o‘tgan seminarda bu borada xo‘jalik rahbarlari uchun zarur tavsiyalar berildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi “Tovar xomashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyati viloyat filiali boshqaruvchisi J.Maqsudov, tuman hokimi o‘rinbosari A.Ikromov hamda jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Ishtirokchilarning mavzuga oid savollariga javob berildi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM