E’tiborsizlik ikki karra jabr keltiradi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Yong‘in kishining ham moliga, ham hayotiga xavf solishi mumkin bo‘lgan yovdir. Afsuski, targ‘ibot ishlari muntazam o‘tkazilishiga qaramay xavfsizlik qoidalariga e’tiborsizlik uchrab turibdi. Aslida bu ham ma’muriy huquqbuzarlik sanaladi.

Korxona, tashkilot va muassasalarda, jamoat joylarida, shuningdek tegishli obyektlarni loyihalashtirish, qurish va qayta qurish chog‘ida yong‘in xafvsizligi qoidalari birinchi darajali masala bo‘lishi kerak. Bunga amal qilmaslik yoki yong‘inga qarshi inventar va uskunalar, yong‘inni aniqlash va o‘chirishning avtomat vositalaridan foydalanish, ularni saqlash qoidalarini buzish fuqarolarga eng kam ish haqining o‘ndan bir qismidan bir baravarigacha jarima solinishiga sabab bo‘ladi. Agar huquqbuzar mansabdor shaxs bo‘lsa, jarima miqdori bir baravardan uch baravargacha hisoblanadi.

Shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, jinoiy javobgarlik belgilangan.

Moddiy boyliklarimizga zarar yetmasligi, o‘zimiz va yaqinlarimiz hayoti xavf ostida qolmasligi uchun xavfsizlik qoidalariga rioya etishimiz zarur.

Farhod ABDUXALIYEV,

Profilaktika va nazorat bo‘linmasi inspektori, katta leytenant.

2015-2022 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM