Aholini ro‘yxatga olish hamda tanlanma kuzatuvlar tarixi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Aholini ro‘yxatga olish tarixi 6000 yildan kam emas. Qadimgi Bobildan topilgan loy taxtalar shundan dalolat beradi. Zamonaviy dunyoda esa faqat XVII asrning o‘rtalaridan boshlab aholi ro‘yxatga olish boshlangan.

Ijtimoiy-iqtisodiy hayotning boshqa sohalari haqida ma’lumot olish uchun asosiy demografik xususiyatlarga ehtiyojning ortishi ularning miqyosi va qamrovini ham oshirdi. Ma’lumotlarga bo‘lgan yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishi aholini ro‘yxatga olish dasturiga ko‘plab savollar kiritishni talab qildi. Qo‘shimcha savollarning ortiqcha sonini kiritish haddan tashqari noqulay savolnoma-varaq shakllarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu barcha to‘plangan ma’lumotlarning sifati to‘g‘risida shubhalar paydo bo‘lishiga asos bo‘lishi mumkin.

Haqiqatan ham bir vaqtning o‘zida bir nechta xususiyatlarni tekshirishning afzalliklari ma’lum darajada kamayishi mumkin. Chunki respondent va ro‘yxatga oluvchi bir so‘rov davomida ko‘proq ma’lumot to‘plash bilan bog‘liq qo‘shimcha ishni bajarishi kerak bo‘ladi. Shuning uchun zamonaviy metodlar ishlab chiqildi.

Aholini ro‘yxatga olish bu mamlakat aholisini muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.

Mazkur keng miqyosli amaliyotning bosh maqsadlaridan biri mamlakatimizda, umuman har bir ma’muriy hududda yashovchi shaxslarning turli tavsiflari to‘g‘risida ishonchli, xolis va yaxlit ma’lumotlarni yagona statistik uslublar asosida yig‘ishdan iborat.

2015-2022 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM