“Zarafshon” boshqaruvi ekoqo‘mita tasarrufiga olinishi mumkin

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tabiatni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Sh.Rahimov qatnashdi.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tuman inspeksiyasi boshlig‘i O.Rustamov mavzu yuzasidan mahalliy jurnalist va blogerlarga ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2021-yilda mahkama asosiy 4 yo‘nalishda ish olib borgan. Ya’ni, mahalla, ta’lim va tibbiyot muassasalarida belgilanmagan joyga chiqindi tashlamaslik, daraxt va butalarni noqonuniy kesmaslik, barg-xazon va samon qoldiqlarini yoqmaslik, oqar suvni ifloslantirmaslik yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari o‘tkazilgan.

Shunga qaramay fuqaro va mansabdor shaxslar tomonidan turli huquqbuzarliklar sodir etilayotgani achinarlidir. Jumladan, so‘nggi bir yilda 243 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

– Prezidentimiz ilgari surgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi ayni vaqtida qabul qilingan qaror bo‘ldi, – dedi O.Rustamov. – 2021-yil noyabr-dekabr oylarida tumanimiz bo‘ylab 502 ming tup ko‘chat ekildi. Bahor oylarida yana 700 ming tupdan ortiq daraxt va buta nihollari o‘tqazilishi maqsad qilinmoqda. O‘simlik dunyosini himoyalash borasida “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i uchun alohida rejamiz bor. Jumladan, bo‘g‘ boshqaruvini davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufiga olish taklif etilmoqda.

Shuningdek, anjumanda ko‘kalamzorlashtirish, noyob daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil qilish borasidagi qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan axborot berildi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM