4 milliard so‘mdan ortiq QQS tadbirkorlarga qaytarildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tuman davlat soliq inspeksiyasi tomonidan “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” shiori ostida amalga oshirilayotgan ishlar mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda inspeksiya boshlig‘i Baxtiyor Baratov so‘zga chiqdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, tumanimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 3023 ta bo‘lib, shundan 178 ta oilaviy, 68 tasi xususiy va 2 ta unitar korxona 2021-yil davomida tashkil etilgan.

Anjuman davomida ochiqlangan raqamlarga ko‘ra, so‘nggi bir yilda 1181 nafar tadbirkorlar soliq organlariga murojaat qilgan. Jumladan, 899 nafariga “Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida ko‘mak ko‘rsatilgan.

– Olaylik, 210 ta yangi ish boshlagan tadbirkorlarga dastlabki buxgalteriya hisobini yuritishda ko‘maklashildi, – deydi B.Baratov. – 37 tasiga esa so‘mlik soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibi tushuntirildi. Natijada, 10 million 822 ming so‘m ularning foydasiga saqlab qolindi. Bundan tashqari, 47 nafar tadbirkorlarning qo‘shimcha qiymat solig‘idan yig‘ilgan 4 milliard 618 million 101 ming so‘m ortiqcha to‘lovlari ham qaytarildi.

Tadbirda ishtirok etgan mahalliy jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutasaddilarga murojaat etishdi. Xususan, bloger Malika Akramovaning so‘rovi asosida oydinlik kiritilishicha, soliq qarzdorligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish byurokratik omillardan to‘liq xalos etilgan. So‘nggi bir yilda  421 ta tadbirkorlar ushbu turdagi hujjat olgani, 107 nafariga esa shaxsiy hisob-varaqalaridan nusxa olishda ko‘maklashilgani ushbu faktni tasdiqlaydi.

Shuningdek, anjuman davomida imtiyozli kredit va bank-moliya mexanizmlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM