4280 ta xonadon “ASKUG” tizimiga ulandi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tuman hokimligida aholini suyultirilgan va tabiiy gaz bilan ta’minlanish holatiga doir ishlar mavzuida ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbirda “Jomboy tuman gaz” ta’minot bo‘limi boshlig‘i Salohiddin Mallayev hamda abonentlar bilan ishlash bo‘limi mas’uli Orif Ahrorov ishtirok etdi.

Takidlanishicha, tumanimiz aholisining 29 foizini tabiiy gaz iste’molchilari tashkil qiladi. Qolgan xonadonlar suyultirilgan gaz bilan aniq davriylik asosida ta’minlab kelinmoqda.

O.Ahrorovning ma’lumotiga ko‘ra, bo‘lim ixtiyorida 27 ming 334 dona gaz ballonlari, 5 ta maxsus yuk tashish avtotransporti mavjud.

– O‘tgan bir yil davomida jomboylik yurtdoshlarimizga 4047 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi, – deydi O.Ahrorov. – Shuningdek, ta’minot sifatini yaxshilash maqsadida 2 ta gaz taqsimlash qurilmasi mukammal ta’mirlandi. 58 kilometr tabiiy gaz tarmoqlari bosim ostida sinovdan o‘tkazildi. 2022-yilda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rsatkichlarni 15 foizga oshirish rejalashtirilgan.

Sayyor qabullar davomida aholidan ko‘p tushayotgan savollarga bo‘lim boshlig‘i S.Mallayev oydinlik kiritdi. Jumladan, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida ko‘rilgan chora-tadbirlar, iste’molchilarni “ASKUG” hisoblagich bilan ta’minlash holati yuzasidan raqamlar ochiqlandi. Qayd etilishicha, bugungi kungacha 4280 ta xonadonga  zamonaviy hisoblagich o‘rnatilgan.

Muloqot davomida keng jamoatchilikni qiziqtirgan shu kabi savollarga oydinlik kiritildi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM