Profilaktika inspektori qoniqarli sharoitda ishlashi kerak

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tuman hokimi ichki ishlar organlari tizimida xizmat olib borayotgan xodimlar bilan uchrashdi.

Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan urashuvda “Profilaktika inspektorlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularga qulay sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi. Shuningdek, jinoyat va huqubuzarliklarni keltirib chiqaradigan omillar, ularni barvaqt aniqlash hamda oldini olish, fuqarolarning huquqiy bilim va madaniyatini oshirishda profilaktika inspektorlarining o‘rni, mas’uliyati haqida so‘z yuritildi.

Qayd etilishicha, tumanimizda mavjud 38 ta mahallaning barchasi uchun xizmat uyi hamda xizmat xonalari barpo etilgan. 2021-yil davomida xodimlar uchun 20 to‘plamda zamonaviy kompyuter jamlanmalari, 10 ta mahalladafi inspektor xonasi uchun mebel jihozlari ajratilgan. 2022-yilda ushbu ishlar davom ettirilib, 15 ta hudud inspektorlariga zarur jihozlar ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Yig‘ilish mobaynida tuman hokimi profilaktika inspektorlari bilan bevosita muloqot qilar ekan, ularning xizmat faoliyatini yanada samarali olib borishlari yuzasidan murojaatlarini tingladi. Shuningdek, mahallalarda xavfsizlikni ta’minlash, turli salbiy holatlarning oldini olish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdi. Yig‘ilish davomida “mahallabay”, “oilabay”, “fuqarobay” ishlash tizimini keng joriy etishda profilaktika inspektorlarining vazifasi kelishib olindi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM