Aholini ro‘yxatga olishdan nima yutamiz?

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Ma’lum bir sanada aholining aniq soni (yoshi va jinsi tarkibi, fuqaroligi, milliy masubligi), oilaviy ahvoli, ma’lumoti, uy-joy bilan ta’minlanganligi, mehnat resurlari, iqtisodiy faol aholi soni, bandlik (kasb va mutaxassislik) va ishsizlik darajasi, daromad olish manbai, nogironligi bo‘yicha batafsil ma’lumot yig‘ish uchun aholi ro‘yxatga olinadi.

Shuningdek, quyidagilarga aniqlik kiritiladi:

1) Aholining milliy tarkibi. Millat tarkibi

2) Diniy e’tiqodi. Qaysi dinga mansubligi

3) Oilaviy axvoli (nikohda yoki nikohda emas, oila soni, nikohda bo‘lgan davri).

4) Migratsiyasi, xorijda ishlayotganlarning aniq soni.

5) Ma’lumot darajasi. Ma’lumotsizlar, o‘rta, oliy, fan nomzodi, fan doktori.

6) Bandlik bo‘yicha ma’lumotlar. Bandlar, ishsizlar soni, iqtisodiyotning sohalar bo‘yicha bandlar, mutaxassisliklar, iqtisodiy faollari, norasmiy bandlar.

7) Uy-joy bilan ta’minlanganligi. Uylar soni, uy-joy fondi, bir kishiga to‘g‘ri keladigan uy-joylar, uylar qanaqa materiallardan qurilganligi, gaz, suv, elektr energiyasi bilan ta’minlanganligi.

8) Ijtimoiy soha ko‘rsatkichlari. Aholi daromadlari, nogironligi, kam ta’minlanganlik.

9) Salomatlilik darajasi, ayollar va bolalar sog‘lig‘i.

Bu ma’lumotlardan milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish ko‘rsatkichlarini shakllantirish va monitoring qilishda foydalaniladi.

2015-2022 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM