“Marketpleys” haqida bilasizmi?

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratish mexanizmi yanada soddalashtirildi.

Oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlariga 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha, yillik 14 foiz;

– chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yo‘nalishi) uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha, yillik 14 foiz;

– bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha, yillik 14 foiz stavkada,

– “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, “usta-shogird” maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun 3 yilgacha hamda aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 18 oygacha muddatga;

Kreditlar mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman hokimi yordamchisining o‘ziga biriktirilgan mahallada istiqomat qilayotgan qarz oluvchiga beradigan tavsiyasi asosida berilishi mumkin.

Chorvachilikni rivojlantirish yo‘nalishidagi kreditlar ustuvor ravishda kamida 10 dan 50 boshgacha chetdan keltirilgan naslli chorva mollari boqish uchun kichik fermalarni tashkil etishga beriladi.

Ajratilgan kreditlar hisobiga tovar va xizmatlarni bozor tamoyillari asosida erkin sotib olish yoki sotish yagona elektron platformada yaratilgan “marketpleys” tizimi yordamida amalga oshiriladi.

Tizim ta’minotchi korxonalar o‘rtasida raqobat muhitini shakllantiradi hamda taklif etilayotgan tovar va xizmatlarning muqobil narxda va sifatli yetkazib berilishini ta’minlaydi.

Dastur doirasida kreditlar ustuvor ravishda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga o‘zini o‘zi daromadli mehnat bilan band qilish yoki ularning doimiy mehnat bilan bandligini ta’minlashga (ish o‘rinlari yaratishga) qaratilgan loyihalarga ajratiladi.

Vohid USMONOV,

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantish sho‘basi bosh mutaxassisi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM