Manziliga yetmagan 150 dollar

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Korrupsiyaga qarshi kurashish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri sanaladi. Bu illat bor ekan jamiyat hayotida ijobiy islohotlar o‘tkazish mushkul bo‘lib qolaveradi. Binobarin, xalqimiz orasida ham pora va mansab soxtakorligi bilan bog‘liq jinoyatlarga murosasiz kayfiyat shakllanishi zarur.

Yaqinda viloyat ichki ishlar boshqarmasining transportda xavfsizlikni ta’minlash va jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan shunday illat fosh etildi.

Olingan tezkor ma’lumotga ko‘ra, kadastr boshqarmasida ishlovchi A. ismli shaxs yer maydonlariga noqonuniy kadastr hujjatlari rasmiylashtirib berish evaziga fuqarolardan pul talab qilgan.

Halat yuzasidan maxsus tadbir o‘tkazildi. Natijada, gumondor jarayonga jalb etilgan F.dan 2500 AQSh dollari miqdordagi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Surushtiruv davomida o‘zini A. deb tanishtirgan shaxs 1989-yilda tug‘ilgan, davlat kadastrlari palatasi Samarqand shahar filialida ishlovchi A.B ekani aniqlandi.

Yana bir holat.

Fuqaro Sh. yo‘lovchi tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullangani, viloyat transport boshqarmasi xodimlari ushbu holatni qayd etib, jarima qo‘llamaslik evaziga 150 AQSH dollari talab qilishayotganini bildirgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Sh. bilan telefon orqali suhbatlashgan transport boshqarmasi xodimi kelishilgan pulni F. ismli shaxsga berishni buyurdi. F. esa pullarni Samarqand shahri, Nizomiy Ganjaviy ko‘chasida joylashgan oziq-ovqat do‘konida qoldirish kerakligini aytdi.

Ushbu do‘kon sotuvchisi M.Y. pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Surishtiruv davomida oldindan jinoiy til biriktirgan kimsalarning barchasi tergovga tortildi.

Aziz ESHBEKOV,

Transportda xavfsizlikni ta’minlash bo‘limi xodimi.

 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM