Sektor rahbarlari aholini tingladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq qabulxonasida navbatdagi sayyor uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi va sektor rahbarlari aholi murojaatlarini qabul qildi.

Turli mavzudagi ellikdan ortiq muammo va takliflar orasida ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi va suyultirilgan gaz yetkazib berish bilan bog‘liq murojaatlar ko‘pchilikni tashkil etdi. Shuningdek, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolar ham ishtirok etdi.

Jumladan, Eski Jomboy mahallasidan kelgan F.Ergashev biznes rejasini ro‘yobga chiqarish uchun imtiyozli kredit olishda amaliy yordam so‘radi. Qo‘ng‘irotlik I.Hotamov esa issiqxona yo‘nalishida tadbirkorlik boshlagani, ammo ta’minotchi tomonidan ishlar sifatsiz bajarilganidan noroziligini bildirdi.

Barcha murojaatlar yuzasidan mas’ullar biriktirildi. Muddat belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM