Tumanimiz “Olimpiya kubogi”ga mezbonlik qildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tumanimizdagi bolalar-o‘smirlar sport maktabida futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida “Olimpiya kubogi” respublika ochiq chempionati o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligiga bag‘ishlangan tadbir “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida tashkil etilgan.

Musobaqada Toshkent, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlaridan kelgan 160 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi.

Yakuniy natijalar bo‘yicha Qarshi olimpiya zahiralari sport kolleji jamoasi birinchi, Jomboy bolalar-o‘smirlar sport maktabi jamoasi ikkinchi, Toshkent shahri jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

Zubaydullo XOLMATOV,
turizm va sport bo‘limi boshlig‘i.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM