“Zarafshon” milliy tabiat bog‘i: kecha, bugun, ertaga

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Viloyat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi bilan hamkorlikda “Zarafshon” milliy tabiat bog‘iga press-tur tashkil etildi. Soha mutasaddilari tizimda 2017-2021-yillar davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Zarafshon qo‘riqxonasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-fevraldagi qarori asosida milliy tabiat bog‘iga aylantirilgan bo‘lib, umumiy maydoni 2426,4 gektarni tashkil etadi.

So‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasi o‘laroq, bog‘ hududida 53 gektarlik yong‘oqzor barpo etildi. Ko‘chatxonalar 3,3 gektarni egallab, nihollarga bo‘lgan ichki talabni qondirmoqda. Bundan tashqari, 7 gektar mevali bog‘ tashkil etilgan, 2 gektar maydonga pavloniya, 4 gektar terak ko‘chatlari ekilgan.

Hududda sayyohlik tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida 3 ta yo‘nalish va ekomorshrut tuzilgan.

Zarafshon milliy tabiat bog‘i qoshida muzey ham faoliyat yuritmoqda. Buxoro bug‘usi, to‘ng‘iz, qirg‘ovul, jayra, ukki, kalxat, tuyaqush, maymun, tuvaloq, tovus, boyo‘g‘li, katta ko‘l buqasi, tulki, ilon, baqa, turli hasharotlar kolleksiyasi bu yerda mujassam.

Yangi tarmoq sifatida hayvonot bog‘i tashkil qilish ko‘zda tutilmoqda. Buning uchun 3 bosh tuya, 2 ta tuyaqush, 3 ta tovus, 2 bosh Amerika lamasi, 1 ta jayra, 1 ta burgut, 1 ta o‘laksaxo‘r, 3 ta oqqush, 1 ta laylak, 2 ta kaklik, 20 ta italiya quyoni, 15 ta susarka, 4 ta yapon tovug‘i, 3 ta indyuk, 3 ta kurka, 3 ta g‘oz keltirildi.

Tabiat bog‘ining o‘ziga xosligi bu yerda Buxoro xongul bug‘ulari ko‘paytirib kelinayotganidir. Volyerda parvarishlanayotgan jonivorlar soni 24 boshdan ortiq. Ochiq tabiatda esa 135 bosh hisoblanadi.

Press-tur davomida ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlarga shu kabi mavzularda qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbir doirasida viloyat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Achilov ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

– 2017-2021-yillar davomida хўжалик infratuzilmasini yaxshilash rejasiga muvofiq 2 dona “МТЗ-80.1” traktori va boshqa zarur texnikalar, jihozlar keltirildi, – deydi M.Achilov. – Ma’muriyat binosi to‘liq qayta ta’mirlandi. Fazanariya, nozirlar uyi barpo etildi. Bog‘ni rivojlantirish bo‘yicha ekoturizm, o‘rmon barpo qilish, ko‘chatchilik, asalarichilik, baliqchilik va bog‘dorchilik sohalarini kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Ahror SHAMSIYEV.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM