Tender tartibini buzgan mas'ullar jazolandi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining joriy yil 23-avgustdagi taqdimnomasi tuman hokimligi apparat xodimlari hamda Adliya va Ichki ishlar bo'limi mas'ullari ishtirokida ko'rib chiqildi. Mutasaddilar tomonidan qonuniylikni ta'minlash borasida qator kamchiliklarga yo'l qo'yilayotganini ta'kidlandi.

Jumladan, hokimlik hududidan qo'shimchа bino qurish uchun qiymati 400 million so‘mlik tender tanlovi e’lon qilingan. Ammo tanlov bo‘yicha jarayon yakuniga yetmay turib qurilish ishlari amalga oshirilgan. Bu o'z navbatida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonun talablariga zid hisoblanadi.

E'tibor qaratilishini istardikki, ushbu holatda budjet mablag'lari talon-taroj qilingan emas. Gap qonun hujjatlari va ma'muriy tartib-taomillarning buzilgani haqida bormoqda.

Ushbu kamchiliklarga yo'l qo'ygan tuman hokimi o'rinbosari H.Hamroyev hamda bosh hisobchi I.O'rolovga nisbatan intizomiy ta'sir chorasi qo'llandi. Tender tanloviga qo'yilgan lot bekor qilindi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM