Aholi tarkibiga aniqlik kiritiladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Mamlakatimizda yirik ijtimoiy jarayon — aholini ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik davom etmoqda.

Mazkur tadbirning ko‘lamdorligi va ahamiyati uni o‘tkazishga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ham talab etadi. 2019-yil  5-fevralda qabul qilingan Prezident  farmoni hamda 2020-yil 11-noyabrdagi Vazirlar Mahkamasi qarori fikrimiz tasdig‘idir.

Hukumat qarorida aholini ro‘yxatga olishning maqsadi ham belgilab berilgan. Ya’ni, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan aholining yoshi, jinsi, tarkibi, millati, ma’lumoti, oilaviy sharoiti, daromadlari haqidagi to‘liq va aniq ma’lumotlar shakllantirilishi kutilmoqda. Shuningdek, ro‘yxatga olinishlar oralig‘ida shu ko‘rsatkichlarning rivojlanish dinamikasi aniqlanadi. Olingan ma’lumotlarga asoslanib, mamlakatimizning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari shakllantiriladi. Bu o‘z navbatida, O‘zbekistonning xalqaro reytingini oshirishga xizmat qiladi.

Tuman statistika bo‘limi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM