82 ming nafardan ortiq jomboyliklar vaksina oldi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tumanimizda emlash ishlari aprel oyidan boshlangandi. Birinchi navbatda 65 yoshdan oshgan keksalar hamda tibbiyot xodimlari qamrab olindi.

– Vaksinatsiya bo‘yicha tumanimiz peshqadam, – deydi bo‘lim shifokori Musavvar Najiboyeva. – Shu kunga qadar 82 ming 285 nafar jomboyliklar vaksina oldi. Ularning 49 ming 478 nafari birinchi, 28 ming 116 nafari ikkinchi, 4 ming 691 nafari uchinchi doza bilan emlandi.

Vaksina olgach, uch kungacha nojo‘ya ta’sirlar kuzatilishi mumkin. Shu bois cho‘milish, sitrus mevalar, dukkakli mahsulotlar hamda allergiya chaqiruvchi oziq-ovqat mahsulotlari isteʼmolidan tiyilib turish tavsiya etilmoqda.

Shifokorning taʼkidlashicha, “COVID-19” kasalligiga chalingan bemorlarni aniqlash uchun burun-halqumdan surtma olinadi va polimeraz zanjirli reaksiya usuli orqali tahlil qilinadi. Natija bir kun ichida tahlil topshiruvchiga ma’lum qilinadi. Tekshiruv davomida kasallik aniqlansa, hududiy davolash profilaktika muassasasiga yuboriladi. Shuningdek, ularga virusni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari bepul beriladi.

– Koronavirusga chalinib, so‘ng tuzalgan shaxslarga vaksina uch oydan so‘ng qo‘yiladi – deydi M.Najiboyeva. – Sababi, virusdan tuzalgan inson organizmida antitanachalar ishlab chiqariladi. Ular o‘z navbatida organizmga tushadigan har qanday virusga qarshi uch oydan olti oygacha kurasha oladi.

Maʼlumot uchun, tumanimizda gripga qarshi emlash ishlari ham boshlangan. Jarayon uchun 2 ming 220 doza vaksina olib kelingan. Hozirga qadar davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda tibbiyot xodimlari bepul emlandi.

Ahror SHAMSIYEV.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM