Qoidaga amal qiling, quruvchi!

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tumanimizda ko‘plab qurilish, bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Bu albatta, xalqimizning ijtimoiy turmushini yaxshilashga qaratilgani bilan quvonarli. Ammo jarayonda xavfsizlik talablarini ham unutmaslik kerak. Jumladan, “Bino va inshoatlarni loyihalash, rekonstruksiya qilish, kengaytirish, texnik qayta jixozlash va kapital ta’mirlashda yong‘in xavfsizligi qoidalari”, “Shaharsozlik normalari va qoidalari”, ”Qurilish me’yoriy qoidalari” kabi me’yoriy hujjatlar talabi hisobga olinsa maqsadga muvofiqdir.

Olaylik, bino qurishda oraliq masofalarni saqlash muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, qurilish uchun tanlangan yer maydonlari yuqori bosimli gaz quvurlari va kuchlanishli elektr liniyalarining muhofaza zonasida joylashmagan bo‘lishi kerak.

Yong‘in va favqulodda holat vaqtida evakuasiya tartibining inobatga olingani, tomga chiqish uchun zina va tashqi yong‘inga qarshi narvonlar, yerto‘ladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashqariga chiqish yo‘laklarining mavjudligi kelgusida falokatlarning oldini olishda qo‘l keladi.

Mutaxassislarimiz tumanimizda olib borilayotgan qurilish maydonlarida bo‘lib, quruvchi va mutasaddilarga shu kabi tartiblar yuzasidan tushuntirish o‘tkazishmoqda. Bu turli nohush xolatlarning oldini olishda muhim.

Shohruh NE’MATOV

tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limining NTB boshlig‘i, katta leytenant.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM