“Obod qishloq” muhokamasi, eng ko‘p murojaat tushgan kompleks, vazifasidan ozod qilingan mudir – 36-sessiya tafsilotlari

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining o‘ttiz oltinchi sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan 4-sektor rahbari B.Baratov hisobot berdi.

Qayd etilishicha, Beshbola mahalla fuqarolar yig‘inida ichki yo‘llarni yaxshilash doirasida 11 kilometr asfalt-beton va 13,5 kilometr tosh-shag‘al yo‘l barpo etilgan. Bitta maktabgacha ta’lim muassasasi, 2 ta maktab va hududiy qishloq vrachlik punkti ta’mirlanib, foydalanishga topshirilgan.

– Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 2 ta transformator o‘rnatildi va 1 ta transformator yangilandi, – dedi B.Baratov. – Shuningdek, 64 ta tungi yoritkich, 17 ta ta’mirtalab simyog‘och yangisiga almashtirildi. Aholiga 68 ta maishiy gaz ballon ajratildi. 110 nafar fuqaroga ikkinchi ekin uchun 30 sotixdan yer maydonlari berildi. Bundan ko‘zlangan maqsad ishsiz fuqarolar uchun daromad olish imkonini yaratishdan iborat.

Shuningdek, kun tartibiga kiritilgan tuman meliorativ ekspeditsiyasi boshlig‘i S.Mirsaliyevning hamda hokimlik devonxonasi boshlig‘i D.Musayevning hisoboti muhokama etildi.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning o‘tgan davrida tuman hokimligiga 1881 ta murojaat kelib tushgan. Tahlil etilganda asosiy qismi qurilish, mahalla va qishloq xo‘jaligi kompleksiga oidligi kuzatilgan. Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash samaradorligini yaxshilash yuzasidan taklif-mulohazalar bildirildi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Tuman kengashi kotibiyati mudiri D.Nurmatov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi. Bo‘shab qolgan o‘ringa kengash deputati J.Jumanov tayinlandi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM