Aholiga to'g'ri tushuncha berilsa, takroriy murojaatlar kamayadi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Katta qishloq mahallasida tuman hokimi va sektor rahbarlarining navbatdagi qabuli o'tkazildi.

Qayd etish joizki, shu kabi tadbirlar aholi muammolarini aniqlash, ularga yechim topish, huquqiy maslahatga muhtoj fuqarolarga zarur yo'l-yo'riqlar ko'rsatishda qo'l kelmoqda. O'tgan bir oy davomida mutasaddilarga ikki yuzdan ortiq murojaatlar kelib tushgani va aksariyati ijobiy hal etilgani fikrimiz tasdig'idir.

Aksariyat murojaatlar huquqiy tushunmovchilik natijasida takrorlanishi ham haqiqat. Bunda mas'ullar muammoni bevosita joyiga borib o'rganishi, aholiga to'g'ri tushuncha berishi yaxshi samara beradi.

Bugungi qabulda ham kommunal xizmatlar, moddiy yordam va uy-joy ajratish bilan bog'liq aholi murojaatlari qabul qilindi.
 

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM