“Daftar”dan chiqqan xotin-qizlar va yoshlar, vakolati tugatilgan deputat, “Saxovat va ko‘mak”dan moddiy yordam – 35-sessiya tafsilotlari

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining o‘ttiz beshinchi sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda “Ayollar daftari”ning ikkinchi bosqichiga kiritilgan, muammolari hal etilgan 698 nafar xotin-qizlarni ro‘yxatdan chiqarish, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi 7 ta oila hamda mehribonlik uyining 10 nafar sobiq tarbiyalanuvchisiga bag‘rikenglik yordami ajratish masalasi muhokama etildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman hokimi maslahatchisi Hafiza O‘sarova so‘zga chiqdi. Qayd etilishicha, 272 nafar ayollarga 980 ming so‘mdan bir martalik moddiy yordam ajratilgan, 254 nafarining esa huquqiy mavzudagi muammolari prokuratura, ichki ishlar, adliya bo‘limlari hamkorligida hal etilgan.

– Bundan tashqari, psixologik maslahatga muhtoj 51 nafar opa-singillarimizga malakali shifokor va ruhshunoslarni biriktirdik, – dedi H.O‘sarova. – Ayni paytda ular barqaror holatda turmush kechirishyapti. Yuqoridagilardan kelib chiqib, muammosi hal etilgan 698 nafar xotin-qizlarni daftardan chiqarish to‘g‘risida taklif kiritmoqchiman.

Deputatlar yoshlar masalasini ham muhokama etdi. “Temir daftar”dagi oilalarda tarbiyalanayotgan 855 nafar voyaga yetmagan bolalarga bir martalik moddiy yordam ajratish mavzui bir ovozdan ma’qullandi. Haydovchilik guvohnomasi olib berilgani, safarbarlik-chaqiruv rezervi badalini to‘langani va zarur moddiy-ma’naviy yordam ko‘rsatilgani munosabati bilan “Yoshlar daftari”dagi yigit-qizlardan bir guruhi ro‘yxatdan chiqarildi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan 15-Tut saylov okrugidan saylangan deputat Zafar Ergashevning vakolati muddatidan ilgari tugatildi.

Ma’lumot uchun Z.Ergashev joriy haftada Payariq tuman hokimi etib tayinlandi.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM