Polizdan 15 million so‘m daromad

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Quduqli mahallasidagi fermer xo‘jaliklari yerida tarvuz-qovun yetishtirilmoqda. Sir emas, keyingi yillarda qishloq xo‘jaligining bu tarmog‘i tumanimizda ancha rivojlandi. Bunda vodiylik dehqonlarning ham hissasi bor.

– Tarvuz urug‘i yerga qadalgach, qator oralari chopiq qilinmaydi, – deydi Anvar Xudoyberganov. – Polizni begona o‘tlardan tozalash ham o‘simlik ildiziga zarar yetkazishi mumkin. Qator oralariga polietilen yotqizish yaxshi samara beradi. Begona o‘tlar chiqmaydi. Yerga urug‘ qadashda o‘simlik orasi 40­-45 santimetr, qatorlar orasi esa ikki metr bo‘lishi zarur. Shunda hosil yiriklashib, yaxshi rivojlanadi.

Tarvuz urug‘i ekilgandan keyin qirq kun chilla saqlab, birinchi suv beriladi. Hosilga kirgach, 5­-6 kunda bir marta, faqat kechasi suv quyish kerak. Bu yil tarvuz ayni hosilga kirgan vaqtida suv taqchilligi yuzaga keldi. Sug‘orish jarayoni biroz murakkab kechdi. Shunga qaramay, 15 millionga yaqin daromad oldik.

Anvar aka dehqonchilik qilish uchun har yili vodiydan kelar ekan. Tumanimizdagi fermer va dehqon xo‘jaliklari bilan ichki shartnoma asosida tarvuz­-qovun yetishtirishni yo‘lga qo‘ygan. Shu orqali mahalliy bozorni sifatli mahsulot bilan ta’minlayapti. Bozorda narx­-navo barqarorligi, arzonchilik yuzaga kelgan. Bundan xalqimiz ham mamnun.

Ahror SHAMSIYEV.

2015-2024 © Жомбой туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM