Xotin-qizlar muammosi doimiy e’tiborda

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Prezident administratsiyasi ishchi guruhi vakillari tumanimizda bo‘lib, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar holidan xabar olishdi. Viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda tuman bo‘limi mutasaddilari ishtirokida og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi, nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimiz bilan muloqot o‘tkazildi.

Jumladan, Guliston mahallasida istiqomat qiluvchi Xolida Isoqova og‘ir xastalikka chalingani, qolaversa uy-joyga muhtojligini bildirib, Prezident virtual qabulxonasiga murojaat qilgan. O‘rganish davomida singlisining uyida yashashi aniqlandi. Tuman tibbiyot birlashmasida bepul davolanishi uchun zarur choralar ko‘rildi.

Ahmadjon Qurbonov mahallasida yashovchi Hilola Ahmadova esa  2016-yilda tug‘ilgan farzandi Siviliya Muratova bolalikdan nogiron ekani, maxsus aravachaga ehtiyoji borligini ma’lum qildi. Murojaat joyida yechim topdi, qizaloqqa nogironlik aravachasi va oziq-ovqat mahsulotlari berildi.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan Nogahon mahallasida yashovchi Nigina Abdurahmonovaga ham nogironlik aravachasi taqdim etildi.

– Maqsad xalqimiz roziligini olish, xotin-qizlarimiz uchun munosib turmush sharoitlari yaratishdan iborat, – deydi respublika oila va xotin-qizlar qo‘mitasi xodimi Xurshida Primqulova. – Mehnatkash opa-singillarimiz yaxshi yashashga haqli, ularning muammosiga birgalikda yechim topish vazifamizdir. Bu boradagi ishlar mamlakatimiz bo‘ylab davom etmoqda.

2015-2024 © Хокимият Джамбайского района. Разработан в: SAKTRM