Aziz yurtdoshlar, qadrli jomboyliklar!

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Avvalo, Siz azizlarni, Yangi – 2023-yil bilan samimiy tabriklayman. Bayram shukuhi kezib yurgan ushbu daqiqalarda barcha yaqinlaringizga sihat-salomatlik, baxt-u, saodat xonadonlaringizga qut-baraka tilayman!

O‘tib borayotgan yil mamlakatimiz, jumladan tumanimiz uchun ham muvaffaqiyatli keldi. “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” umumg‘oyasi asosida ezgu maqsadlarimiz ro‘yobga chiqdi. Ravon yo‘llar, yangi uy-joylar, ijtimoiy soha obyektlari foydalanishga topshirildi. Dehqon va fermerlarimizning fidokorona mehnati sabab mo‘l hosil yetishtirildi. Bu boradagi ishlarimiz 2023-yilda yanada uyushqoqlik bilan davom ettiriladi.

Aziz do‘stlar! 

Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida 2023-yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb e’lon qilindi. Shundan kelib chiqib, mahallalarda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, yoshlarga sifatli ta’lim berish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tumanimizni yanada rivojlantirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Jomboyliklar hayoti yanada farovon va mazmunli bo‘lishi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.

Bu borada Yaratgan barchamizga kuch-quvvat, g‘ayrat-shijoat ato etsin.

Yangi yilimiz qutlug‘ va barakali kelsin!  

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! 

Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!

Qayum Sobirov,

Jomboy tumani hokimi. 

2015-2024 © Хокимият Джамбайского района. Разработан в: SAKTRM