Keksalar tajribasi jamiyat rivojiga xizmat qiladi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning hayotiy tajribasidan unumli foydalanish, ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbirda mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari – “Nuroniy” jamoatchilik kengashi raisi Ilhom Niyozov qatnashdi.

Qayd etilishicha, tumanimizda 15 ming 659 nafar yoshga doir pensionerlar mavjud bo‘lib, 8995 nafari ayollar, 6664 nafari erkaklar hissasiga to‘g‘ri keladi. Jumladan, 60 nafar yakka-yolg‘iz keksalar, 15 nafar frontorti mehnat faxriylari istiqomat qilmoqda.

– “Har bir nuroniy – o‘n nafar yoshga murabbiy” tamoyili asosida 107 nafar nuroniylarni 975 nafar ma’naviy ko‘makka muhtoj va uyushmagan yoshlarga biriktirganmiz, – deydi I.Niyozov. – Natijada 575 nafar yoshlar muammosi hal qilindi. Nogironligi bo‘lgan nuroniylar va faxriylarning salomatligini tiklash maqsadida 172 nafariga sihatgoh yo‘llanmasi, 37 ta aravacha, 7 ta eshitish moslamasi, 12 ta hassa berildi. Bu boradagi ishlar aniq reja asosida davom ettirilmoqda.

Ochiq muloqot davomida keksalarni ichki turizmga jalb etish borasida savollarga ham javob berildi. Ta’kidlanishicha, so‘nggi olti oyda 227 nafar nuroniylar Samarqand, Buxoro, Xorazm, Jizzax viloyatlariga sayohat qilib qaytishgan.

Shuningdek, nuroniylar jamoatchilik kengashi va mahallalardagi keksalar maslahati guruhlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham ma’lumot berildi.

2015-2024 © Хокимият Джамбайского района. Разработан в: SAKTRM