15 ta “EKG” apparati birlashmaga yetib keldi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

“Tashabbusli budjet” jarayonida 3365 ta ovoz bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan tuman tibbiyot birlashmasini zarur jihozlar bilan ta’minlash taklifi ro‘yobga chiqarila boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda “Zunnun” mas’uliyati cheklangan jamiyati g‘olib chiqdi. Qisqa fursatda 95 million 600 ming so‘mlik 15 ta “EKG” jihozi yetkazib berildi. Aholiga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatishda bu muhim ahamiyatga ega qurilma sanaladi.

Bundan tashqari, 846 million 400 ming so‘mlik boshqa jihozlar xaridi bo‘yicha auksion savdolari o‘tkazilmoqda.

Ma’lumot uchun, ushbu taklif uchun 942 million so‘m mablag‘ ajratilgan.

Muhammadjon SULEYMANOV,
moliya bo‘limi bosh iqtisodchisi.

2015-2024 © Хокимият Джамбайского района. Разработан в: SAKTRM