Jomboy xalqaro seminar mezboni

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tuman hokimligida Amerika Qo‘shma shtatlarining xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda “Sharq ayoli” jamoat fondi mutaxassislari ishtirokida seminar o‘tkazildi. Tadbirda Jomboy va Bulung‘ur tumanida istiqomat qiluvchi150 nafarga yaqin faol xotin-qizlar ishtirok etdi.

Tadbirkorlik qilish istagidagi ayollar kun davomida “Raqamli xizmatlar iste’molchilari va ularning ijrochilari sonini oshirishga yordam berish”, “Elektron savdo vositalaridan foydalanish”, “Elektron tijorat sohasidagi qonunchilik normalari”, “Onlayn do‘kon inkoniyatlaridan foydalanish” mavzularida saboq olishdi.

“Ayol va raqamli iqtisodiyot-2” loyihasi respublikamizning barcha viloyatlarida tashkil etilayotgani bilan ahamiyatli bo‘lib, o‘zbek xotin-qizlariga zamonaviy ilm-fan, texnologiyalar hamda axborot kommunikatsiya loyihalaridan unumli foydalanishni o‘rgatish maqsadini ko‘zlaydi.

Seminar so‘ngida ishtirokchilarga maxsus sertifikat topshirildi.

2015-2024 © Хокимият Джамбайского района. Разработан в: SAKTRM