Sessiya: USK tarkibiga nomzodlar tavsiya etildi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining o‘ttiz yettinchi sessiyasi navbatdan tashqari tartibda o‘tkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tavsiya etish toʻgʻrisidagi masala ko‘rilgan tadbirda okrug komissiyasi a’zosi Feruza Xonkeldiyeva qatnashdi.

Yaqinlashib kelayotgan siyosiy jarayonlar mamlakatimiz ijtimoiy taraqqiyoti tarixida muhim o‘rin tutishi, butun xalqimiz bunga puxta hozirlik ko‘rayotgani ta’kidlandi. O‘z navbatida uchastka komissiyasi a’zolaridan katta tajriba, bilim va mas’uliyat talab etilishi aytildi. Mavzu yuzasidan F.Xonkeldiyeva so‘zga chiqdi.

Qizg‘in muhokamalardan so‘ng tuman hududida tashkil etilgan 48 ta uchastka saylov komissiyasi raisi, raisi o‘rinbosari, kotibi va a’zoligiga nomzodlar okrug komissiyasiga tavsiya etildi.

Sessiya ishida jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash faoliyati ko‘rib chiqildi. Mavzu yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining profilaktika masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Asqar Safarov axborot berdi. Aytilishicha, avgust oyida tumanda 32 ta jinoyat qayd etilgan. Shundan 3 ta holat inson o‘limi bilan yakunlangan. Bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar xalq vakillari tomonidan keskin tanqid qilindi.

Kun tartibiga ko‘ra, “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasida shakllangan mablag‘larni tasarruf etish hamda bir guruh xotin-qizlarni “Ayollar daftari”dan chiqarish to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan ham tegishli qarorlar qabul qilindi.

2015-2024 © Хокимият Джамбайского района. Разработан в: SAKTRM