Baxtiyor Rofiyev: Xalqimiz yaxshi turmush kechirishga munosib

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tumanimizda viloyat mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi mutasaddilari sayyor qabul o‘tkazmoqda.

Qayd etish joizki, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi yillik rejasida ijtomoiy daftarlardagi fuqarolar bilan hududlarda yuzma-yuz muloqot o‘tkazish belgilangan. Bundan ko‘zlangan maqsad og‘ir turmush sharoitidagi yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash va moddiy-ma’naviy yordam ko‘rsatishdan iboratdir.

Qabulda aksariyat murojaatchilarning muammosi ijobiy yechim topayotgani quvonarlidir.

Jumladan, Ahmadjon Qurbonov mahallasida yashovchi “Temir daftar”ga kiritilgan M.Najmiddinova tikuvchilik qilishi, zamonaviy tikuv mashinasiga ehtiyoji borligini bildirgan edi. Uning murojaati shu joyning o‘zida qanoatlantirildi.

Shuningdek, Samarqand mahallasidan kelgan G.Rajabova tadbirkorlik boshlash istagida ekan. Unga yashab turgan xonadonining bir qismini noturar obyekt tasnifiga o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatildi.

Qabulda viloyat mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojantirish boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Rofiyev, tuman hokimi Qayum Sobirov hamda sektor rahbarlari ishtirok etyapti.

2015-2024 © Jomboy tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM