Organik mahsulot yetishtirish insoniyat kelajagiga dahldor

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Qishloq xo‘jaligida kimyoviy zararli birikmalardan holi mahsulotlar yetishtirish, yangi navlarni foydalanishga keng joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar mavzuida ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbirda tumandagi fermer xo‘jaligi rahbarlari, oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar hamda jamoatchilik vakillari qatnashdi.

Darhaqiqat, kimyoviy pestidsidlardan holi organik mahsulot yetishtirish jahon bozorida tobora raqobat muhitini kuchaytirmoqda. Organik mahsulotlarni yetishtirish uchun avvalambor kuzgi-qishki agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida sifatli o‘tkazish, biomahsulotlar bilan ishlashni tizimli yo‘lga qo‘yish hamda o‘simliklarni organik ozuqa bilan to‘yintirib, sifatli, zararsiz oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish zarur bo‘ladi.

Tuman hokimi o‘rinbosari A.Ikromov so‘zga chiqib, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdi. Qayd etilishicha, 2021-yil davomida mavzuga doir 9 ta seminar va davra suhbatlari o‘tkazilgan. Bu borada aniq ish reja ishlab chiqilgan bo‘lib, 2022-yildan boshlab organik mahsulotlar yetishtirishni 70 foizgacha yetkazish rejalashtirilmoqda.

Jumladan, joriy mavsumda 23 ming tonna g‘alla, 48 ming tonna meva, 97 ming 800 tonna sabzavot parvarishlanib, ularning asosiy qismini kimyoviy usullarsiz yetishtirish maqsad qilingan.
Ochiq muloqot ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javob olishdi.

2015-2024 © Jomboy tuman hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM