77-sessiya: Sektorlar faoliyati tahlil qilindi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Xalq deputatlari tuman kengashining 77-sessiyasi o‘tkazildi. Tadbirda “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarorining 1- va 2-sektorlardagi ijrosi yuzasidan axborot berildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan bir yil davomida 1-sektor hududida istiqomat qiluvchi 360 ta og‘ir ijtimoiy vaziyatdagi oila “Temir daftar”ga kiritilgan. Ishga joylashtirish, o‘zini o‘zi band qilishiga ko‘mak berish, imtiyozli kredit va subsidiya ajratish, moddiy yordam kabi chora-tadbirlar natijasida yil yakunga qadar 353 ta oila o‘z daromad manbaiga ega bo‘lgan. Faqat 7 nafar nogironligi bo‘lgan, mehnatga layoqatsiz shaxslargina “Temir daftar”da saqlanib qolingan. Bundan tashqari, yil davomida 538 nafar yigit-qizlar “Yoshlar daftari”, 1241 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan.
Shuningdek, sessiyada yangi ish o‘rinlarni tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha davlat dasturi ijrosi yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A.Sa’dullayevning hisoboti eshitildi. Мahalliy budjet daromadlarining bajarilish holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Yoshlarga oid davlat siyosati yo‘nalishidagi ishlar natijadorligi yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosari J.Rajabov hisobot berdi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF JOMBOY DISTRICT. Maked by: SAKTRM