Pensiya tizimida yangi tizim joriy qilindi

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

“Davlat pensiyalari, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori imzolandi.

Unga ko‘ra, 2022-yilning 1-may kunidan:

– pensiya va nafaqa to‘lovlari uchun zarur mablag‘lar har oyning 5-sanasigacha moliyalashtiriladi;

– pensiya va nafaqalar hamda moddiy yordam pullarini naqd shaklda yetkazib berish xizmatlari uchun 1 foiz miqdorda AT “Xalq banki”ga qo‘shimcha haq to‘lab beriladi;

– sayyor kassalar mahalla fuqarolar yig‘inlariga borgan holda pensiya va nafaqa oluvchilarning kartalaridagi mablag‘larni ularning xohishiga ko‘ra, naqd pulga almashtirib beradi;

– pensiya va nafaqalarni bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy qilinadi.

Bu pensionerlar kartasiga 1 foiz ortiqcha to‘lov kelib tushadi, deganidir. “Xalq banki”ga to‘lanadigan qo‘shimcha haq davdat byudjetidan qoplanadi.

Sodda qilib aytganda, pensiya va nafaqa mablag‘lari bank kartalari orqali olinsa va kartadagi mablag‘ naqdlashtirilmay foydalanilsa, ushbu 1 foiz miqdordagi qo‘shimcha mablag‘ pensioner ixtiyorida qoladi. Mablag‘ bankomatdan naqdlashtirilsa, o‘sha qo‘shib berilgan 1 foiz “Xalq banki” hisobiga yechib olinadi.

Demak, Prezidentimizning ushbu qarori pensionerlar uchun yana bir qulaylik yaratadi, deyish mumkin.

Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF JOMBOY DISTRICT. Maked by: SAKTRM