Qarzdorlik 80 foizgacha qisqargan

jpg jpeg gif png txt doc docx xls xlsx pdf ppt pptx pps ppsx odt ods odp mp3 mov mp4 m4a m4v mpeg avi ogg oga ogv weba webp webm

Tumandagi dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, bozor tushumlari rejasining bajarilishi, narx-navo barqarorligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimi vazifasini bajaruvchi F.Majidov so‘zga chiqib, jurnalist va blogerlar, shuningdek jamoatchilik vakillariga axborot berdi.

Qayd etilishicha, tumanimizda mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi 2 ta bozor – “Jomboy dehqon bozori” va “Juriyat dehqon bozori” faoliyat yuritadi. Bundan tashqari, Shayman, G‘o‘bdin, G‘azira filiallari ham ishlab turibdi.

2021-yilda “Jomboy dehqon bozori” MCHJning Shayman filialida kiyim-kechak savdo kompleksi ishga tushirilib, 268 ta yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun savdo nuqtalari tashkil etilgan. Natijada bozor tushumiga har oy 55 million so‘m qo‘shimcha pul mablag‘i undirilyapti. Shundan 15 foizi davlat budjetiga qo‘shimcha qiymat solig‘I sifatida to‘lanadi.

Juriyat dehqon bozori hududida esa veterinariya va sanitariya labaratoriyasi barpo etilgan, to‘liq jihozlangan. 60 o‘rinli meva-sabzavot pavilioni qurilib, 2 ta ichimlik suvi qurilmasi o‘rnatilgan.

– “Jomboy dehqon bozori” MChJga o‘tgan yilda 960,3 million so‘m daromad rejasi belgilangan, – dedi F.Majidov. – Amalda 963,2 million so‘m patta yig‘imi undirildi. “Juriyat dehqon bozori” MCHJ uchun reja esa 481,6 million so‘m etib belgilangan, amalda 469,7 million so‘mga bajarildi. Qo‘shimcha tushum manbaalarini yaratish maqsadida savdo nuqtalarini ko‘paytirish, sotuvchi va xaridaorlarga qulay sharoitlar yaratish chorasi ko‘rilyapti.

Anjumanda qatnashgan “Jomboy tongi” gazetasi muxbiri S.Sayfullayev 2021-yil dekabr holatiga dehqon bozorlarining debitor-kreditor qarzdorligi masalasiga oydinlik kiritilishini so‘radi.

Ta’kidlanishicha, yil davomida qarzdorlik ko‘lami 80 foizgacha qisqartirilgan. Foydaning  83,2 million so‘m qismi zaxira fondiga  yo‘naltirilgan. Shuningdek, 47,2 million so‘m divident to‘lashga  ajratilgan.

Bundan tashqari, narx o‘sishi, mahsulotlar tanqisligiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida savdo yarmarkalari tashkil etilayotgani aytildi. Ushbu maqsadda 74 ta zaxira saqlovchi tashkilotlar 3626 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jamg‘argan, bosqichma-bosqich savdoga chiqarilyapti.

Tabirda jurnalist va blogerlarning shu va boshqa savollariga oydinlik kiritildi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF JOMBOY DISTRICT. Maked by: SAKTRM